Nodirbek Xolboyev - Dada sizni yaxshi ko'raman

  • Исполнитель: Nodirbek Xolboyev
  • Песня: Dada sizni yaxshi ko'raman
  • Размер MP3: 4.29 МБ
  • Длительность MP3: 4:36
  • Качество MP3: 128 kbps
  • Дата релиза: 06-04-2023, 05:59
  • Кол-во скачиваний: 846 раз(а)
Слушать
Nodirbek Xolboyev - Dada sizni yaxshi ko'raman
Скачать
Nodirbek Xolboyev - Dada sizni yaxshi ko'raman
Текст песни Nodirbek Xolboyev - Dada sizni yaxshi ko'raman
Borlig`ingiz bizlarga tortiq,
Kimim bordir padardan ortiq?!
Hol so`rmadim o`zimdan ortib,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Bo`g`zimga ne tiqildi shu dam?
To`xtatolmas ko`z yoshin odam.
Jon dadam-a, mehribon dadam,
Sizni juda yaxshi ko`raman.)

Mehringizdan yashnab yuraman,
Mag`rur qadam tashlab yuraman,
Dunyoda eng tabarruk inson –
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Alamlarim ko`zlarin yopay,
Yoningizga yuguray, chopay,
Keling, bir bor bag`rimga bosay,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Qadringizni bilmaganim bor,
Aytganingiz qilmaganim bor,
Kechirimlar so`rayman takror,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtargina xokisor odam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtar dadam, xokisor dadam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

O`z dardingga o`ralgan dunyo,
Tashvishlardan yaralgan dunyo,
Aytolmadim shu so`zni goho –
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Har kun sizni o`ylasam hamki,
Mehringizga to`ymasam hamki,
Kunda quchib, qo`ymasam hamki,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Quchog`ingiz bunchalar ham keng,
Jon bolam-a, jonim bolam, deng,
So`zlaringiz tillolarga teng,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtargina xokisor odam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtar dadam, xokisor dadam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Dardin yegan har o`g`il-qizni,
Zoriqtirmay o`stirgan bizni,
Ota bo`lib angladim sizni,
Dada, sizni yaxshi ko`raman. (x2)

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtargina xokisor odam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtar dadam, xokisor dadam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Dada, sizni judayam yaxshi ko`raman…